Misr poytaxti Qohira şahrida joylaşgan koptlar sobori yaqinida kuçli portlaş röy berdi. Teraktdan söng voqea joyida bölgan kişilardan biri vayronaga aylangan sobor içini va tortişayotgan odamlarni tasvirga olgan hamda uni internet tarmoğida joylaştirgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, portlaş oqibatida 18 kişi halok bölgan va 50dan ortiq kişi jarohatlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, noma'lum şaxs ibodatxonaga portlovçi qurilmani uloqtirgan.