Bugun, 10 dekabr kuni Stokgolm şaharida tibbiyot yoki fiziologiya, fizika, kimyo, şuningdek, iqtisod sohasidagi kaşfiyotlar uçun 2016 yilgi Nobel mukofotlari öz egalariga topşirildi. Bu haqda Nobel fondining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şvetsiya qiroli Karl XVI Gustav qölidan diplom va medallarni yaponiyalik professor Yosinori Osumi, (fiziologiya va tibbiyot); 3 fizik — Devid Tauless, Dankan Holdeyn va Maykl Kosterlits; ximiya böyiça laureatlar — Jan-Per Savaj, Freyzer Stoddart va Bernard Fering, şuningdek iqtisodiyot yönalişida Oliver Xart va Bengt Xolmstryomga (Şvetsiyaning Davlat banki tomonidan ta'sis qilingan mukofot) topşirildi.
Adabiyot böyiça Nobel mukofoti egasi Bob Dilan Stokgolmga kela olmadi. Amerikalik rok ijroçisi Bob Dilan mukofotni topşiriş marosimi uçun nutq tayyorladi va uni mukofot taşkilotçilariga taqdim etdi. Uşbu nutqda Dilan bunday mukofotga loyiq körilgani uçun minnatdorlik sözlarini izhor qilgan. Bob Dilan «Amerika qöşiqçilik an'anasi doirasida yangi poetik iboralarni yaratgani uçun» mukofotga loyiq deb topilgan edi.
Uning örniga amerikalik boşqa bir rok-ijroçisi Patti Smit marosimda hozir böldi. U Dilanning A Hard Rain's A-Gonna Fall qöşiğini ijro etib berdi.
Bundan oldinroq Norvegiya poytaxti Oslo şahrida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga tinçlik yönalişidagi Nobel topşirilgandi.
2016 yilda mukofotning pul qiymati 8 million şved kronasiga (932 ming dollar) teng böldi.
Stokgolmdagi Katta Kontsert zalida taşkil qilingan marosimga 1500 mehmon — laureatlarning oila a'zolari, şvetsiyalik siyosatçilar, madaniyat vakillari, olimlar va talabalar kelgan. Marosim SVT telekanali tomonidan efirga uzatilgan.
Marosimning bir qismi Stokgolm ratuşasidagi Havorang zalda davom ettiriladi. Bu yerda ziyofat taşkil qilingan. Ziyofatdan keyin an'anaviy ball taşkil qilinadi.












