Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Rossiya bilan hududiy tortishuvlarga barham berishga tayyorligini bildirdi
Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe rasmiy Moskva bilan hududiy tortishuvlarga chek qo‘yishga tayyorligini bildirdi. U janubiy Kuril orolllarining sobiq fuqarolari bilan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritgan. Muloqot Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan.
"Men hududiy muammoga barham berish maqsadida Rossiya bilan oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazaman", — deya bosh vazir so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kiodo agentligi.
Vladimir Putin 15-16 dekabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi. U safari chog‘ida Sindzo Abe ajdodlarining vatani bo‘lmish Yamaguti prefekturasi hamda Tokioga tashrif buyuradi.
Yaponiya Kuril orollari tarkibiga kiruvchi Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollariga da'vogarlik qiladi. Rasmiy Tokio, bunda 1855 yilda imzolangan Savdo va chegaralar to‘g‘risidagi bitimga asoslanadi. Tokio orollarni qaytarib olishni Rossiya bilan tinchlik sulhi imzolash sharti sifatida ilgari surib keladi.
Moskvaning bu muammoga qarashi Yaponiyanikidan farqlanadi. Unga ko‘ra, janubiy Kuril orollari Ikkinchi jahon urushi natijasida SSSR tarkibiga kirgan, shunga binoan, mazkur orollar ustidan Rossiya hududiy egaligi xalqaro huquq tomonidan e'tirof etilgan.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
18:06 / 08.06.2026