Bugun Şveytsariyaning Non şahridagi  UYeFA ofisida Yevropa Ligasining nim çorak final bosqiçiga qur'a taşlaş marosimi ötkaziladi.

Bu bosqiçda klublar ikki savatçaga ajratilgan. Guruh bosqiçlari ğoliblari va YeÇLda uçinçi örinni egallagan 8 jamoadan 4tasi "saralanganlar" guruhida böladi. Qolgan jamoalar "saralanmaganlar" guruhini taşkil etadi.

Bu bosqiçda bir mamlakat vakillari özaro uçraşmaydi. Bundan taşqari, bir guruhda öynagan jamoalar özaro duç kelmaydi, şuningdek, siyosiy vaziyat tufayli Rossiya va Ukraina jamoalari uçraşişi oldi olingan.

Saralanganlar: APOEL (Kipr), «Ayaks» (Niderlandiya), «Beşiktoş»*, «Usmonlispor», «Fenerbahçe» (barçasi – Turkiya), «Genk» (Belgiya),  «Zenit» (Rossiya), «Kopengagen» (Daniya)*, «Lion», «Sent-Eten» (ikkisi – Fransiya)*,  «Roma», «Fiorentina» (ikkisi – Italiya), «Sparta» (Çexiya), «Tottenhem» (Angliya)*,  «Şalke» (Germaniya), «Şaxter» (Ukraina).

Saralanmaganlar: AZ (Niderlandiya), «Anderlext», «Gent» (ikkisi – Belgiya), «Astra» (Ruminiya), «Atletik», «Vilyarreal», «Selta» (barçasi – Ispaniya), «Borussiya» Menxengladbax (Germaniya)*, «Krasnodar», «Rostov»* (ikkisi – Rossiya), «Legiya» (Polşa)*, «Ludogorets» (Bolgariya)*, «Mançester Yunayted» (Angliya), «Olimpiakos», PAOK (ikkisi – Gretsiya), «Xapoel» Beyer-Şeva (Isroil).

*1/16 final bosqiçiga çempionlar ligasidan qöşilgan jamoalar.

Qur'a taşlaş marosimi YeÇL uçun qur'adan keyin – Toşkent vaqti bilan soat 17.00da boşlanadi.

1/16 final bosqiçi öyinlari 2017 yilning 16 va 23 fevral kunlarida ötkaziladi. Birinçi savatdagi guruhlar ilk öyinlarni öz maydonida ötkazadi.

Qur'a jarayonini uşbu havola orqali jonli ravişda kuzatiş mumkin >>>