AQŞning Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qiliş böyiça milliy boşqarmasi (NASA) mutaxassislari Marsdagi eng sovuq joy suratini namoyiş etdi.

"Qizil sayyora"ning janubiy qutbida olingan suratda quruq muzlardan (uglerod dioksidi) iborat qismni köriş mumkin. Bu joy qişki mavsumda atmosferadan qor körinişida tuşadigan uglekislorod gazidan hosil bölgan.

Sovuq vaqtda sayyoraning bu qismida harorat Tselsiy böyiça minus 130 darajagaça tuşadi.

Suratlar Mars Reconnaissance Orbiter kosmik apparati bortida örnatilgan HiRISE teleskopi yordamida tuşirilgan. Hozirda teleskop fazoga yöllangan şu turdagi eng yirik uskuna bölib qolmoqda.

Teleskop joylaşgan stansiya Yerga muntazam ravişda Mars haqida yangi ma'lumotlar yöllab turadi. Ön yil davomida Mars Reconnaissance Orbiter tadqiq etilayotgan sayyora atrofida 50 ming marta aylandi.

NASA’ning Mars Reconnaissance Orbiter qurilmasi 2005 yil — uşbu sayyoraga birinçi marta suv izlab jönab ketganidan buyon Yerga Mars haqida ma'lumotlar yuborib turadi. 

Suratlar Mars haqida köproq narsa bilib oliş uçun muhimdir. Kelajakda ularni tadqiqot qurilmalari va kosmik kemalarni qöndiriş uçun mos joy tanlaş uçun qöllaş mumkin böladi.