Paolo Jyentiloni va respublika prezidenti Serjo Mattarellaning uchrashuvi bir soatcha davom etdi. 

Jyentilonining hukumatiga sobiq bosh vazir Matteo Rentsi hukumatidagi ko‘plab vazirlar kiritildi. Xususan, iqtisodiyot va moliya vaziri Per Karlo Padoan, iqtisodiy taraqqiyot vaziri Karlo Kalenda, Mudofaa vaziri Roberta Pinotti va adliya vaziri Andrea Orlandolar o‘z lavozimlarini saqlab  qolishdi. 

TIV yangi rahbari lavozimiga bunga qadar mamlakat IIVni boshqarib kelgan Anjyelino Alfano tayinlandi. Uning o‘rnini esa ilgari bosh vazir idorasida maxsus xizmatlarni Marko Minniti egalladi. 

Jyentilonining ma'lum qilishicha, seshanba va chorshanba kunlari ikki palata oldiga yangi hukumatga bo‘lgan ishonch masalasi qo‘yiladi.