2016 yil Amazon onlayn-riteyleri rahbari Jyeff Bezos uçun omadli keçdi. U "Startrek: Çeksizlik" filmida özgasayyoralik rolini ijro etdi. Biroq asosiysi, uning boyligi 7 mlrd dollarga köpaydi.
Biroq 2015 yilda dunyoning eng badavlat odamlari röyxatining eng yuqori qismidan joy olgan Bezos hanuzgaça Bill Geyts, Uorren Baffett va Amansio Ortegadan söng 4-örinni egallamoqda. Sayyoramizning eng boy odamlari AQŞdagi saylovlar va bozordagi narx tebranişlari ortida 35 mlrd dollar işlab olişdi.
Bezosga bunday qiymatdagi boylikni u tomondan asos solingan Amazon kompaniyasining 17 foizlik aksiyalar paketi keltirdi, kompaniya aksiyalari deyarli 14 foizga oşdi. Tadbirkorga şuningdek The Washington Post naşri, Blue Origin koinot kompaniyasi hamda Business Insider internet-naşrining 3 foiz aksiyasi tegişli.












