AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan narx-navo uruşiga kirişmasligi kerak, çunki bu ikki davlat munosabatlarini yomonlaştiradi va Vaşington uçun foydali bölmaydi, deb aytdi CNBC telekompaniyasi efirida dunyoning eng badavlat odami, Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geyts.

Uning aytişiça, u yaqinda Tramp bilan birinçi bor telefon orqali suhbatlaşgan. "Umid qilamanki, Tramp Xitoy bilan "qasdma-qasd" tamoyili asosida narx-navo uruşiga kirişmaydi. Bu ssenariy avvaldan mağlubiyatli hisoblanadi", deb aytgan Geyts.

Geyts şuningdek Tramp bilan suhbatdan olgan taassurotlari bilan bölişdi. Suhbat mavzusi energetikaga investitsiyalar bölgan. 

Tramp özining saylovoldi kampaniyasining boşidan Xitoyni AQŞning, ayniqsa iqtisodiyot sohasidagi, boş raqiblaridan hisoblanişini aytib kelgan. U Xitoyga valyuta manipulyatori yorliğini osgan, Pekinni AQŞ kompyuter tizimlariga xakerlik hujumlarida ayblagan hamda Xitoy hukumatiga agar u AQŞ bilan mavjud savdo kelişuvlarini Vaşington uçun maqbul şartlarda qayta tuzmasa, jiddiy çoralar va qat'iy narx-navolar kiritiş bilan tahdid ham qilgan. Tramp Janubiy Xitoy dengizida Xitoyni bosib turiş uçun AQŞning harbiy mavjudligini kuçaytiriş tarafdori hisoblanadi.