13 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinçi yalpi majlisi bölib ötdi. Majlisda qator masalalar körib çiqildi. Bu haqida qayerdan bildik deysizmi? Albatta, senat axborot xizmatidan emas.
Sarobga aylangan sayt

Özbekiston parlamentining ikkita palatasi bor. Biri quyi – qonunçilik palatasi, ikkinçisi esa yuqori – Senat. Ana şu yuqori palata, ya'ni Senat axborot xizmatining Senat.uz internet manzilida joylaşgan sayti bor. Bu sayt faoliyati bizni juda öylantiradi... Bunga sabablarni sanab ötamiz.

1. Senat matbuot xizmati bilan boğlaniş uçun qaysi raqamlarga qönğiroq qiliş kerak? Saytning eng pastida, kişi bilmas etib yozib qöyilgan telefon raqamigami? Unga 13 dekabr, kun böyi qönğiroq qilindi, ammo heç kim javob bermadi.
2. Senat matbuot xizmati aloqa qilib bölmaydigan taşkilot ekan, heç bölmasa, Senatda bölayotgan majlis va undagi yangiliklarni öz saytida joylaştirib borsa böladi-ku?!
3. Senatning öz şaxsiy sayti turganda,boşqa axborot sayti undagi yangiliklarni topib, öz sahifalarida joylaştirib va hatto bu mavzular ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga kirib, butun xalq bilgaç, keyin senatning saytiga joylaştirilişi, fazo sirlari kabi tuşunarsiz holat emasmi?

Qaçongaça xorij ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga mahliyo bölib ötiramiz. Özbekistonning boşqa davlatlardan nimasi kam? Biz demokratiyani boşqalardan köra köproq anglaymiz. Bizning istagimiz va talabimiz, nafaqat Senat sayti, boşqa davlat taşkiloti saytlari ham özlarida berib borilayotgan yangiliklarni ayni vaqtida joylaştirişsin-ki, har bir fuqaro mazkur yangiliklarni tezkor ravişda qabul qilsin.











