Amerikaning Google qidiruv servisi 2016 yildagi eng ommabop sörov talablarini ma'lum qildi. Bu haqda CNET xabar bermoqda.

Foydalanuvçilarning aksariyati Powerball lotereyasi, musiqaçi Prins (joriy yilda vafot etdi), Metyu dovuli, Pokemon Go va Slither.io öyinlarini qidirişgan.

Powerball lotereyasi

Şuningdek, birinçi önlikdan Olimpiya öyinlari va musiqaçi Devid Boui (2016 yilda hayotdan köz yumdi) ham örin oldi.

Eng ommabop qidiriş talablari orasida “Tramp” va “saylovlar” ham yetakçilik qildi. Top-10ni AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klinton yakunlab bergan.

Kişilar reytingida (ölimlarni inobatga olmagan holda) Tramp va Klinton yetakçilik qilişdi.

“Yangiliklar” bölimidan esa Olimpiada, “saylovlar”, Orlandodagi otişma, Brexit, Zika virusi joy oldi.