Meksika politsiyasi Meksika çegarasi yaqinidagi Tixuana şahridan Amerikaning Kaliforniya ştatiga elituvçi ikki tunnelni aniqladi. Bu haqida Associated Press xabar berdi. 

Tunellardan biri oxirgaça bitmagan bölgan. Agentlikning ma'lumotiga köra, yer osti yöllari narkobaron Xoakin Gusman boşqaruvçi "Sinaloa" narkokortel a'zolari tomonidan giyohvand moddalarini taşiş uçun möljallangan. 

Hozirda Gusmanning AQŞga ekstraditsiya qilinişi kutilmoqda. U Amerika hukumati tomonidan jinoiy jamiyat taşkillaştiriş, giyohvand moddalarni tarqatiş, poraxörlik va qasddan uyuştirilgan qotilliklarda ayblanmoqda.