Yaponiya Xavfsizlik milliy kengaşi kotibi Syotaro Yati rossiyalik hamkasbi Nikolay Patruşev bilan noyabr oyida ötkazgan uçraşuvida, janubiy Kuril orollarining ikkitasida Amerika harbiy bazalarini joylaştiriş imkoniyatini rad etmagan. U Patruşevning savoliga şu mazmunda javob bergan, deb yozmoqda "Asaxi" gazetasi köplab manbalarga asoslangan holda. 

"Yaponiyaning hududiy da'volar yuzasidan kelişuvga erişiş borasida optimizmi noyabr oyidan zaiflaşa boşladi. Noyabr oyi boşida Moskvaga kelgan Yaponiya xavfsizlik milliy kengaşi kotibi Syotaro Yati Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi  Nikolay Patruşev bilan uçraşgan. Bir neça hukumat manbalarining xabar qilişiça, Patruşev suhbatdoşiga "orollarda Amerika bazalari joylaştirilişi mumkinmi?", degan savol bilan murojaat qilgan. Ya'ni, 1956 yilgi Qöşma deklaratsiyaga binoan, Rossiya Yaponiyaga Kuril orollarining ikkitasini topşirsa, şunday bölişi ehtimoliga oydinlik kiritiş söralgan. Bunga, naşrning yozişiça, Yati "şunday ehtimol bor", — deya javob bergan. 

Gazeta, şuningdek, hukumatning boşqa mulozimlari fikrini ham keltirgan. Ularga köra, orollar Yaponiyaga tegişli bölar ekan, Yaponiya va AQŞ örtasidagi xavfsizlik kelişuvi şartlari mazkur orollarga ham ta'sir qilişi aniq. 

Rossiya va Yaponiya munosabatlarini uzoq yillardan buyon ikki örtada tinçlik şartnomasi bölmagani buzib keladi. Yaponiya Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai orollariga da'vo qiladi. Şu bois, tinçlik bitimini imzolaş uçun uşbu orollar qaytarilişi Tokio ilgari surayotgan asosiy şartdir. 

1956 yilgi Qöşma deklaratsiyaga muvofiq, SSSR Yaponiyaga Xabomai va Şikotan orolini qaytarişga rozi bölgan. Biroq, keyinçalik, Yaponiya bu deklaratsiyani rad etgan.