Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev politsiya 2016 yilning töqqiz oyida mamlakatga migrantlar sifatida kirmoqçi bölgan deyarli 3 ming şaxs aniqlangani haqida ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, bu kimsalar aslida giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullangan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Joriy yilning töqqiz oyi davomida deyarli 3 ming xorijlik fuqaro giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasida iştirok etganida aniqlandi. Ular davlatga migrant sifatida kirmoqçi bölgan», - dedi Kolokoltsev.
Vazirning sözlariga köra, IIV xodimlari FXX va Federal bojxona xizmati bilan hamkorlikda bunday şaxslarni aniqlaş böyiça bir qator çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.












