13 dekabr kuni Toşkentda iş boşlagan Senatning sakkizinçi yalpi majlisida senatorlar “Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunini körib çiqişdi.

ÖzA xabar qilişiça, senatorlar 1992 yil 8 yanvar kuni “Özbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etişdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta'minlaş, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning manfaatlarini himoya qiliş, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida katta işlar amalga oşirilgan.

8 yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilaş ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oşirişga, ularni öz xizmat vazifalarini vijdonan bajarişga rağbatlantirişga kömaklaşadi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

6 dekabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan «Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilingandi.