Vetnamning Xoşimin şahrida Zika virusi bilan boğliq 119 holat aniqlandi. Bu haqda Saigon Giai Phong gazetasi mahalliy tibbiyot markazlariga asosan xabar bermoqda.
"Virus borligi aniqlangan 119 kişidan 14 tasi homilador ayollardir", - deya ta'kidlangan xabarda. Şahar soğliqni saqlaş organlari kasallik yanada tarqalmasligi uçun hukumat va mahalliy aholini virus tarqatuvçi çivinlar bilan faolroq kuraşga çaqirmoqda.
Ma'lumot uçun, Zika virusi ilk bora Ugandada 1947 yili aniqlangan bölib, u Aedes aegypti çivini orqali tarqaladi. Bezgak Osiyo, Afrika, Janubiy va Şimoliy Amerikada, şuningdek Tinç okeani mintaqasida qayd etilgan. Virus sabab homilador ayollar köproq aziyat çekadi – u tomonidan çaqiriluvçi xastaliklar homila rivojida turli kamçiliklarni keltirib çiqaradi.












