AQŞning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp tomonidan AQŞ davlat kotibi lavozimiga nomzodi taklif qilingan, AQŞning Exxon Mobil neft-gaz kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Reks Tillerson yil oxirida iste'foga ketmoqda, deb ma'lum qildi Exxon kompaniyasi.
Uning kompaniyadagi örnini 2017 yil 1 yanvardan kompaniya prezidenti Darren Vuds egallaydi.
Tramp Tillersonni AQŞ davlat kotibi lavozimiga taklif qilgandi. Tillerson nomzodi kongress senati tomonidan tasdiqlanişi kerak.
Tillerson kompaniyadagi faoliyatini 1975 yilda muhandis-texnolog sifatida boşlagan. U korporatsiyada 41 yil işlagan va 2017 yil mart oyida 65 yoşga tölganda, şundoq ham iste'foga ketişi kerak edi. Aynan şu yoşda kompaniyaning barça işçilari pensiyaga ketişlari şart qilib qöyilgan. Biroq Tillerson AQŞ davlat kotibi lavozimiga tasdiqlaş jarayoniga qöyiladigan bir qator talablar sababli muddatdan vaqtliroq iste'foga ketişga qaror qildi.
Ma'lum qilinişiça, kompaniya direktorlar kengaşi Tillersonni yangi lavozimga nomzodi qöyilişi bilan tabriklagan.












