Amerikaning Exxon Mobil neft kompaniyasi va Rossiyaning "Rosneft" davlat korporatsiyasi 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Exxon'ga 4,6 milliard dollar (3,8 milliard yevro) tölaş imkoniyati töğrisida majburiy bölmagan dastlabki kelişuvni imzoladi. Bu haqda 23 sentabr, seşanba kuni Reuters agentligi muzokaralardan xabardor ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Manbalardan biriga köra, uşbu hujjat avgust oxiri yoki sentabr oyi boşida imzolangan. Bitim ikki tomon örtasidagi savdo aloqalarini tiklaş yölidagi dastlabki qadamdir. Biroq, Moskva Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş yölida muhim qadamlar qöymagunça hamda AQŞ va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatmaguniça, keyingi özgariş haqida gapiriş imkonsiz, deya ta’kidlaydi agentlik.

Exxon vakili Terri Ueyd izoh berişdan boş tortdi. «Rosneft» Reuters agentligining Exxon bilan majburiy bölmagan dastlabki kelişuvni imzolaganligi haqidagi savoliga javob qaytarmadi. Zararni qoplaş böyiça muzokaralar 2023 yildan beri davom etmoqda.