Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining zamonaviy voqeliklarga moslashuvi davom ettiriladi. Hamdo‘stlikning ijrochi kotibi Sergey Lebedev Minskda shu haqda bayonot bergan.
"Moslashuv jarayoni — bu doimiy jarayondir. U dunyoda va MDHning o‘zida yuz berayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim. Albatta, bu ish davom ettiriladi", — degan Lebedev jurnalistlarga.
Uning ta'kidlashicha, "zamon bilan barobar qadam tashlash kerak".
"Shartlar, sharoitlar o‘zgarmoqda. Shu sababli, MDH ham o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritadi", — degan MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari.















