AQŞning Curiosity marsoxodi Mars sirtida birinçi marta bor kimyoviy elementini topdi. Bu haqda AQŞning Los-Alaamos milliy laboratoriyasi xabarida aytildi. Olimlarning aytişiça, borning qizil sayyorada mavjudligi uzoq ötmişda unda qandaydir tirik organizmlarning faoliyatini qöllab-quvvatlaşga yordam bergan qulay şaroitlar bölganidan darak beradi.

"Avvalgi missiyalardan birortasi Marsda bor topmagandi. Agar biz kaltsiy sulfati tomirçalarida topgan bor Yerdagi borga öxşaş bölsa, unda bu holat tomirçalarni hosil qilgan bu qadimiy Marsning yer osti suvlari Tselsiy böyiça 0-60 gradus haroratga va neytraldan nordongaça vodorod körsatkiçiga ega bölganini anglatadi", deb aytdi laboratoriya xodimi Patrik Gasda.

Bor laboratoriya tomonidan yaratilgan ChemCam kamerasi yordamida topildi. Olimlarning aytişiça, bor köpinça suvi buğlanib ketgan quruq hududlar bilan boğlanadi. Bu orada Rossiyaning bir neçta OAV noma'lum sabablarga köra, Marsda mikroblar aniqlanganini ma'lum qilgan.