Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida sözlagan nutqida amaldagi kadrlar tizimi faoliyatiga tanqidiy baho berdi va mazkur tizim qayta şakllantirilişini ma'lum qildi.
"Hammamiz yaxşi tuşunamizki, oldimizda turgan keng kölamli vazifalarni bajariş uçun kadrlar bilan işlaşning butun tizimini takomillaştirişga doir bir qator işlarni albatta amalga oşirişimiz kerak.
Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida köp hollarda kadrlar salohiyatidan foydalaniş, ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yölga qöyilmagani sezilmoqda.
Eng yomoni, bu holat işimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga işlab ötiribdi. Boşqa idorani qarasangiz, iş köp, vazifa köp, lekin işlaydigan odam, kadr yetişmaydi.
Bunday notöğri iş taqsimotiga mutlaqo çek qöyişning vaqti yetdi. Har bir davlat xizmatçisi özining burçi va majburiyatini aniq-ravşan bilişi, sodda qilib aytganda, öz aravasini özi tortişi lozim", dedi u.
Özbekiston prezidentining fikriça, kadrlarning amaliy zaxirasini şakllantiriş bugungi kun talabidir.
"Bu – zamon talabi. Oldimizga qöygan maqsad-muddaolarga yetiş uçun bu işlarni özimiz qilmasak, boşqa heç kim bizga çetdan kelib qilib bermaydi. Şu nuqtai nazardan qaraganda, kadrlarning amaliy zaxirasini şakllantiriş, ularni tayyorlaş va qayta tayyorlaşning muhim masalalarini öz içiga oladigan maqsadli dasturni işlab çiqiş vaqti keldi, deb öylayman.
Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta öylangan, har tomonlama töğri qarorlar qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erişadigan rahbarlar va mansabdor şaxslarning yangi tarkibini şakllantirişdan iborat.
Bu borada hududiy boşqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va şaharlari hokimliklari uçun malakali kadrlar tayyorlaşga alohida e'tibor qaratiş zarur. Buning uçun oliy ta'lim muassasalari tizimi bilan birga, mamlakatimizdagi 6 ta akademiya, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Korporativ boşqaruv ilmiy-ta'lim markazi kabi taşkilotlarning ilmiy-amaliy salohiyati va imkoniyatlarini yanada faol safarbar etiş darkor", dedi Mirziyoyev.











