Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki davlat örtasidagi tinçlik şartnomasi böyiça muhokama beş soat davom etganini xabar qildi. Bu haqda RIA «Novosti» ma'lum qilmoqda.
«Biz Vladimir bilan bu safar menga qadrdon bölgan Yamaguti prefekturasida uşbu masalani juda jiddiy muhokama qildik. Jarayon beş soat davom etib, keçki 11.30 gaça çözildi. Yakkama-yakka suhbat davomida ham 95 daqiqa juda oçiq va samimiy suhbatlaşdik», - deya aytib ötgan boş vazir.
Uning ta'kidlaşiça, tinçlik şartnomasi muammosini hal qilişga bölgan intiliş kuçli bölsa ham, bu masala hal etilgani haqida gapirişga hali erta. Sababi «71 yil davomida yeçilmagan muammo» tezlik bilan bartaraf etilişi haqiqatdan yiroq.









