Portugaliyalik futbolçining Fransiyadagi hayoti oson keçmayapti.
Payşanba kuni «PSJ» va «Lill» örtasida Fransiya Ligasi Kubogining 1/8 finali doirasidagi uçraşuv ötkazildi va unda mezbonlar ğalaba qozondi – 3:1.
Parijlik muxlislar tribunada turib mehmonlarning portugaliyalik hujumçisi Ederga qarşi obstruktsiya (raqibni izdan çiqariş uçun huştakbozlik) uyuştirişdi. Töp unga kelişi bilanoq şovqin-suron qilindi va Eder 80-daqiqada zaxiraga olindi. Portugaliyalik futbolçini Yevro-2016 finalida Fransiyaga gol urib, mezbonlarni çempionlikdan mahrum etgani uçun keçirişmayapti.
«Men muxlislarning bunday xatti-harakatlariga izoh topa olmayapman. Eder Fransiyani mağlub qilgan emas, u Portugaliyaga ğalaba olib kelgan. U öz vataniga çempionlik keltirgan va bu faqat hurmatga loyiq», – deya «Lill» boş murabbiyi Patrik Koloning öyindan keyingi sözlarini keltirgan maisfutebol.iol.pt.
Eder Yevropa çempionati finalida qöşimça bölimlar vaqtida gol urib, final taqdirini hal qilgandi. U Fransiya çempionatining joriy mavsumida «Lill» safida 17 bor maydonga tuşib, 3ta gol urdi.












