AQŞ prezidenti Barak Obama va uning oilasi 16 dekabr keçki payt sovuq Vaşingtonni tark etib, Havayiga Rojdestvo ta'tilini ötkazgani jönab ketdi, deb ma'lum qilindi Oq uy matbuot xizmatida.
"AQŞ prezidenti va birinçi xonim samolyot trapidan qöl silkib, 2,5 haftaga qiş bilan xayrlaşişdi", deb ma'lum qildi muxbirlardan biri. Juftlikka qizlari Saşa va Maliya hamrohlik qilmoqda.
Samolyot Gonoluluga uçib ketgan, Obama Vaşingtonga yanvar boşida qaytişi kerak.
Obama odatda ta'til vaqtida kitob öqiş, sayr qiliş va golf öynaş bilan maşğul bölişiga qaramasdan, Havayida muhim işlarni ham davom ettiradi. Avvalroq Obama 27 dekabrda Gonoluluda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan uçraşişi ma'lum qilingandi. Ikki davlat yetakçisi oroldagi Perl-Xarbor körfazida AQŞ qöşinlari qismining Yaponiya tomonidan bombardimon qilinişining 75 yilligiga bağişlangan marosimda iştirok etişadi.
1941 yil dekabrda Yaponiya harbiy samolyotlari va suv osti kemalari Havayidagi Perl-Xarbor körfaziga zarbalar bergan. Şundan keyin AQŞ Yaponiyaga uruş e'lon qilib, şu tariqa Ikkinçi jahon uruşiga kirgan. AQŞ va uning ittifoqçilari hamda imperatorlik Yaponiyasi örtasidagi uruş 4 yildan sal kamroq davom etgan va AQŞ Xirosima va Nagasaki şaharlariga atom bombalari taşlagandan va sobiq ittifoq qöşinlari Mançjuriyaga bostirib kirgandan keyin Yaponiyaning taslim bölişi bilan yakunlangan. Uruşdan keyin AQŞ va Yaponiya harbiy ittifoqçilarga aylanişgan.












