Hollivudning maşhur aktyori Arnold Şvartsenegger öng oyoğini sindirib oldi. Artist ABC News telekanalida efirga uzatiluvçi Live with Kelly telekörsatuviga maxsus tibbiy poyabzalda kelgan.
"Şunçaki pedikyur vaqtida biroz şikastlab oldim", deb hazil javob bergan aktyor boşlovçining savoliga. Şvartsenegger ortiqça zöriqişdan hosil böladigan stress sinişi deb ataluvçi jarohat olganini aytdi.
"Balki bu çanğida uçganimdandir, balki köp marta ötirib-turiş maşqlarini bajarişim yoki yugurişdandir. Biroq bu kimni ham taşvişlantirardi?", deb aytgan aktyor. 69 yoşli aktyor bu jismoniy maşqlarga köp vaqt sarflaganini ta'kidlab ötgan.
Şvartsenegger şifokorlar unga bir neça hafta davomida tibbiy poyabzal kiyib yurişni tavsiya qilişganini, biroq u "bu oyoq kiyimni juda tez çanği poyabzaliga almaştiriş niyatidaligini" aytgan. Boşlovçilar ham, öz navbatida, aktyorning oyoğidagi poyabzal "terminatorlarga xos körinişini" aytib hazillaşişgan.












