Donald Tramp AQŞning Mobil şahridagi (Alabama ştati) tarafdorlari oldida çiqiş qilib, Mişel Obamaning u haqidagi gaplariga öz munosabatini  bildirdi. Gap şundaki, Barak Obamaning rafiqasi respublikaçining AQŞ prezidenti lavozimini egallaşi Amerika xalqining mamlakatdagi yangilanişlarga bölgan umidlarini çipakka çiqarişini aytgandi. TASS agentligi şu haqida xabar berdi. 

"Keça Mişel Obama umidlar çipakka çiqqanini aytdi. Tuşunişimça, u kelajak haqida emas, ötmiş haqida gapirdi. Bizda esa, aksinça, katta umidlar va ulkan salohiyatlar mavjud. Biz misli körilmagan buyuk davlat bölamiz", - deya işonç bilan ta'kidladi Tramp. 

"Stsenariy hozirça yozilmagan. Biz ertaga tarixning qaysi bobi özgarişini bilmaymiz. Biroq uzoq yillar davomida birinçi marta şuni aniq bilamizki, bu sahifalarning har biri siz tomoningizdan yoziladi", - deya va'da berdi respublikaçi ön minglab tarafdorlariga yuzlanib. 

"Yaqinda turmuş örtoğim Melaniya bilan Oq uyda böldik. Prezident va uning ayoli biz bilan juda yaxşi muomala qilişdi. Umid qilamanki, Mişel Obama boşqa narsani nazarda tutgan va şunçaki öz fikrini notöğri bayon etgan", - deya qöşimça qildi Tramp. 

Mişel Obama juma kuni Opra Uinfriga bergan intervyusida Oq uyga Trampning kelişi Barak Obama davrida 8 yil davom etgan "umidlar va özgarişlar" davriga çek qöyişini aytgan. "Hozir biz umidsizlik nima ekanini his qilmoqdamiz", - degan 44-davlat rahbarining turmuş örtoği.