Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng faqir davlat prezidenti
Suratda qishloqda yashovchi oddiy nafaqaxo‘r emas, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy tomondan eng rivojlangan mamlakatlardan biri bo‘lmish Urugvayni 2010-2015 yillarda boshqargan prezident o‘z uyidagi oshxonasida tasvirlangan.
Xose Alberto Muxika Kordano – Urugvayning sobiq prezidenti. Uning turmush tarzi dunyo yetakchilarining hayot tarziga mutlaqo o‘xshamaydi. 78 yoshli El-Pepe (mahalliy aholi unga shunday nom bergan) prezidentlik maoshining deyarli barchasini xayriya ishlariga sarflagan va bu uni dunyoning eng kambag‘al yoxud eng saxiy prezidentga aylantirgan.

Urugvay prezidenti har oy 263 000 peso (9 229 AQSh dollari) ishlab topgan. U 26 300 pesoni o‘ziga qoldirib, qolganini xayriya ishlariga yo‘naltirgan.
Prezident shohona uylardan voz kechib, qishloqdagi kichik uyda istiqomat qilib keladi. U ko‘chadagi quduqdan suv oladi va rafiqasi bilan o‘z tomorqasida gul yetishtiradi.

Xose Muxika partizanlar harakati ishtirokchisi bo‘lgan, bir necha jarohatlar olgan, umrining 14 yilini harbiy qamoqxonalarda o‘tkazgan. Muxikoning prezidentlik davridagi eng yirik xaridi - 1987 yilda ishlab chiqarilgan, 1945 dollarlik «Folksvagen Juk» avtomobili.

Mavzuga oid
19:41 / 13.10.2025
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Urugvayga yutqazdi
18:58 / 12.10.2025
Fabio Kannavaro: Biz raqibdan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz
08:03 / 11.10.2025
«Urugvay bilan o‘yin bu – ancha yuqori daraja» – Igor Sergeyev
16:05 / 16.05.2025