Rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkin manfaatlarini bildiruvçi "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy taniqli boksçi öz faoliyatini yakunlaşi mumkinligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Doping bilan boğliq vaziyat uning faoliyati yakunlanişiga olib kelişi mumkin. Agar u çetlatilsa, unda şunday böladi. Şuni aniq aytişim mumkinki, u dopingni ataylab qabul qilmagan, bunda jamoa aybi bölişi ham mumkin. Ehtimol, şifokor tarkibida bu taqiqlangan modda bölgan dori vositasini bergan bölişi mumkin. Biz öz tergovimizni ötkazamiz. Istalgan holatda, men bölgan voqea uçun uzr söramoqçiman", deb aytgan Ryabinskiy.

17 dekabrda Povetkin Yekaterinburgda kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi WBCning vaqtinçalik çempionlik kamari uçun jang ötkazişi kerak edi, biroq uning doping-namunasi ijobiy çiqqani sababli kanadalik jang ötkazişdan boş tortgan. Biroq rossiyalik boksçi baribir ringga çiqib, Stivernning örniga tuşgan fransuz Yoan Dyuopni 6-raundda nokaut bilan yutgan. Biroq bu jangda heç qanday unvon öynalmagan. 

Povetkinning doping-namunasida taqiqlangan anabolik steroid – ostarin aniqlangan. Povetkinning jazolanişi mumkinligi haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.