Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Kaysari şahridagi terakt tufayli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

"Aminmanki, bunday hujumlarga javob ekstremistik guruhlarga qarşi yanada qat'iyroq kuraş bölişi kerak. Rossiya öz tomonidan Turkiya bilan aksilterrorçilik sohasida hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyor", deb aytdi Putin.

Putin, şuningdek, Erdöğandan teraktda halok bölganlarning yaqinlari va qarindoşlariga ta'ziya bildirib qöyişni iltimos qilgan. 

Avvalroq Kaysaridagi teraktni kurd ayirmaçi guruhi amalga oşirgani ma'lum qilingandi.