«Sport-Ekspress» («SE») gazetasi tahririyati 17 dekabr kuni ötkazilgan rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkin va fransiyalik Yoan Dyuopning jangi haqida yozmaslikka qaror qildi. Bu haqda naşr saytida xabar qoldirilgan.
Jurnalistlar sportçining qonida doping topilganidan qattiq darğazab bölişgan. Ular uşbu sportçi «heç narsa bölmagandek» boşqa raqibga qarşi yana ringga kötarilganidan hayron qolişgan.
«Professional boksda "bunday vaziyatlar uçun oqlovçi qoidalar" bölmasligi kerak. Doping qabul qilingani böyiça dalil bor. U hatto bizning boksçi bölsa ham, qoida buzilişini oqlab bölmaydi», — deyilgan «SE» bayonotida.
Şuningdek, «doping qabul qilgan rossiyalik sportçilarni qahramonlarga tenglaştirayotganlar» qoralangan.
«Doping bilan qölga tuşgan sportçi ringga çiqiş — butun dunyoga Rossiyada toza sportga şunçaki tupurib qöyilganini namoyiş etişdir. "SE" bunga qarşi. Biz bu sportçi haqida yozmaymiz», — deyilgan e'londa.
17 dekabr kuni Aleksandr Povetkinning Butunjahon boks kengaşi (WBC) kamari uçun kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi ötkazişi kerak bölgan jangi oldidan topşirgan doping namunasida taqiqlangan modda (ostarin) aniqlandi. Bu haqda jang boşlanişiga 1 soat vaqt qolganida ma'lum böldi. Stivern jangga çiqişdan boş tortdi va jang bekor qilindi.
Şu kuni Povetkin baribir ringga çiqdi va fransuz Yoan Dyuopni 10 raundlik jangning oltinçi raundida nokautga uçratdi. Bu jangda heç qanday sovrin öynalmadi.
Povetkin bu yil bir marta doping bilan qölga tuşgan edi. 2016 yil 13 may kuni boksçining namunalaridan meldoniy moddasi topilgan edi. Şu sababli yilning eng kutilgan jangi — Povetkinning amerikalik Deontey Uaylder bilan töqnaşuv yöqqa çiqqan. Rossiyalik sportçining vakillari Povetkin haqiqatan ham bu dori vositasini qabul qilgani, biroq meldoniy taqiqlangan moddalar röyxatiga kiritilişidan bir neça oy avval bu preparatdan foydalanişni töxtatganini bildirgan edi. Öşanda boksçini diskvalifikatsiya qilmaslik qaroriga kelingan, biroq uning Uaylder bilan jangi bekor qilingan edi.











