Superoğir vazndagi rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkinning ostaringa topşirgan «B» doping namunasi ijobiy natija berdi. Bu haqda Forward Legal kompaniyasi vakili, sportçining manfaatlarini himoya qiluvçi Aleksey Karpenko ma'lum qilgan.
«Proba «B» natijasi ma'lum. Uning qonida ostarin bölgan», — deya Karpenkoning sözlarini keltirgan TASS.
Doping test Los-Anjyelesdagi labarotoriyada ötkazilgan.
17 dekabr kuni Povetkinning kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi jangi oldidan topşirgan doping namunasida taqiqlangan modda aniqlangani haqida ma'lum qilingandi. Test natijasiga köra, rossiyalik boksçining namunasida SARM guruhiga kiruvçi Ostarin moddasi aniqlangandi.
Uşbu modda sportçilar tomonidan maşğulotlarda qabul qilinadi. Natijada, Bermeyn Stivern örniga ringga fransiyalik Yoann Dyuopa kötarildi. Povetkin uni 6-raundda nokautga uçratdi.
Mazkur holatdan söng Povetkin jamoasi «B» probaning oçilişini talab qildi. Unga köra, rossiyalik boksçining namunasida Ostarin moddasi 1 millilitrga 10 pikogrammni taşkil qildi. Bunday miqdordagi modda sport ozuqasi yoki umumiy ovqat orqali organizmga kirişi mumkin va diskvalifikatsiya uçun yetarli hisoblanmaydi.












