Kanadalik boksçi Bermeyn Stivernning manfaatlarini himoya qiluvçi amerikalik promouter Don King rossiyalik Aleksandr Povetkinni haqiqiy şarmanda deb atadi. Uning sözlari Boxingscene tomonidan keltirilgan.
«Afsus, bu yigit, Povetkin haqiqiy şarmanda ekan. U ikkinçi bor WBC kamari uçun jang arafasida doping sinovidan öta olmadi. Men ğolib va mağlub ringda aniqlanişi tarafdoriman, ammo hozir bu işni odillik bilan hal etiş vaqti. Rossiyalik sportçilarning köpçilik qismi doping mojarosiga nega aralaşib qolganini tuşunmayapman, ammo buni bas qiliş kerak», — degan King.
18 dekabr kuni uşbu promouter Povetkin jamoasini sudga berişi haqida ma'lum qilgandi.
17 dekabr kuni Aleksandr Povetkinning Butunjahon boks kengaşi (WBC) kamari uçun kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi ötkazişi kerak bölgan jangi oldidan topşirgan doping namunasida taqiqlangan modda (ostarin) aniqlandi. Bu haqda jang boşlanişiga 1 soat vaqt qolganida ma'lum böldi. Stivern jangga çiqişdan boş tortdi va jang bekor qilindi.
Şu kuni Povetkin fransiyalik Yoan Dyuopga qarşi jang qilib, raqibin oltinçi raundda nokaut qildi. Bu jangda heç qanday sovrin öynalmadi.
Keyinroq «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy diskvalifikatsiya holatida Povetkin öz faoliyatini yakunlaşi mumkinligi haqida aytib ötdi.












