Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti mamlakatdagi eng yirik kupyuraning muomaladan chiqarilishini to‘xtatdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi eng yirik kupyura – 100 bolivarlik qog‘oz pulning muomaladan chiqarilishini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qog‘oz puldan 2 yanvargacha foydalanishga ruxsat berilgan.
Maduro mafiyaga qarshi kurash chorasi sifatida 100 bolivarlik qog‘oz pulni muomaladan chiqarishga qaror qilgandi. Biroq buning oqibatida mamlakatni norozilik namoyishlari, o‘g‘riliklar hamda naqd pul yetishmasligi qamrab olgan va shu sababli Maduro o‘z qarorini to‘xtatishga qaror qildi.
Avvalroq Venesuelaning bir necha shtatlarida naqd pul yetishmayotgani hamda do‘konlarning 100 bolivarlik qog‘oz pullarni qabul qilishdan bosh tortayotgani sababli norozilik namoyishlari o‘tgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026