Eron prezidenti Hasan Ruhoniy MAGATE boş direktori Yukiya Amano bilan uçraşuvda AQŞ tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalarning uzaytirilişi yadroviy kelişuvni buzişini aytdi.

Avvalroq Amano Eronning atom energetikasi taşkiloti rahbari Ali Akbar Salohiy bilan uçraşuvda "yadroviy kelişuv bajarilişi jarayoni"dan qoniqqanini aytgandi.

Mehr axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Ruhoniy AQŞ tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalarning 10 yilga uzaytirilişi har tomonlama harakatlar qöşma rejasining yaqqol buzilişi ekanligini aytgan. Uning aytişiça, AQŞ Eronga nisbatan "AQŞ hukumatiga xalqaro işonçning ança kamayişiga olib keladigan" yölni tanlagan. 

Eron prezidenti uning mamlakati MAGATE bilan texnik masalalarni rivojlantiriş yölidan borişini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, "yadroviy kelişuv, bir tomondan, mintaqada barqarorlik va kelgusi hamkorlikni örnatişga yordam bergandi, boşqa tomondan esa Eron millatiga nisbatan kiritilgan adolatsiz va noqonuniy sanksiyalarga çek qöygandi".

Ruhoniy Eronning yadroviy kelişuvga sodiqligini yana bir tasdiqlagan va Eron kelişuv şartlarini buzadigan birinçi davlat bölmasligini aytgan.

Dekabr boşida AQŞ kongressi 1979 yildagi inqilobdan keyin Eronga kiritilgan sanksiyalarning amal qilişini yana 10 yilga uzaytirdi. Biroq bu qonun Eron bilan "yadroviy dastur" böyiça kelişuv bandlari va u bilan boğliq ravişda bekor qilingan AQŞ sanksiyalariga taalluqli emas.