Google kompaniyasi va Fiat Chrysler Automobiles (FCA) alyansi avtomatik boşqaruv tizimiga ega bölgan minivenni taqdim etişdi. U Chrysler Pacifica Hybrid modeli asosida yaratilgan. Yangilik Waymo brendi ostida işlab çiqariladi. 

FCA va Google örtasida haydovçisiz uskunalarni yaratiş böyiça hamkorlik haqidagi kelişuv bahorda imzolangan. Avtomatik boşqaruv tizimini amalga tatbiq etiş uçun yarim yil sarflandi. Minivenlar sotuvi oktabrda boşlangan. Biroq, maşinalar premera oldidan qöşimça sinovlardan ötişi kerak böldi.

Maşinalarning 100 minivendan iborat birinçi partiyasi yanvarda tayyor böladi. Haydovçisiz qurilmalar AQŞdagi umumiy foydalanişda bölgan yöllarda 2017 yil davomida tajribadan ötkaziladi.

Blooomberg ma'lumotlariga köra, Google va FCA özaro hamkorlikdagi raydşerng servisini taşkil etişni rejalaştirgan. Uning avtoparki Chrysler Pacifica asosidagi avtonom gibridlardan taşkil topadi.

Avvalroq, Google özining haydovçisiz maşinasini işlab çiqiş dasturidan voz keçgani ma'lum bölgandi. Kompaniya kelajakda yirik avtomobil işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlik qiliş va hozirgi maşinalar platformasida avtomatik boşqaruvga ega avtomobillar işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.