Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasi Toşkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyat hududida joylaşgan investitsiya kiritiş şarti bilan “nol” xarid qiymatida beriladigan davlat mulki obektlariga investorlarni jalb etiş yuzasidan tadbirlar ötkazmoqda, deb xabar berdi Davlat raqobat qömitasi axborot xizmati.

Uşbu tadbirlar tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq joriy yilning 20-22 dekabr kunlari Toşkent viloyatining yirik şahar va tuman markazlarida Davlat raqobat qömitasi rahbarlari, davlat boşqaruvi va xöjalik organlari mas'ul xodimlari hamda tadbirkorlik sub'yektlari bilan joylarga çiqqan holda ötkaziladi. 

Bunda tadbirkorlik sub'yektlariga xususiylaştiriş sohasida yaratilgan qulayliklar, xususiylaştiriş obektlari, “nol” xarid qiymatida beriladigan davlat mulki obektlariga kiritiladigan investitsion talablar haqida batafsil ma'lumot beriladi. 

Xususiylaştirilişi belgilangan davlat mulki obektlari negizida loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq barça takliflar Davlat raqobat qömitasi va uning Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan körib çiqiladi va har tomonlama qöllab-quvvatlanadi. 

Uşbu tadbirda iştirok etişni istagan barça tadbirkorlar qöşimça ma'lumot uçun 268-29-77 va 259-21-38 telefon raqamlari murojaat etişlari mumkin.