Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning iqtisodiy strategiyasi bugungi kunda avvalgiga nisbatan ança muvaffaqiyatlidek körinmoqda. Şu haftada Turkstat davlat statistika agentligi Turkiya yalpi içki mahsuloti (YaIM)ning yangilangan ma'lumotlarini taqdim etdi. 

Manbaga köra, jahon moliyaviy inqirozidan keyin Yaqin Şarqning eng yirik iqtisodiyoti avvalgidan-da tezkor suratlarda ösdi. InsiderPro şu haqida ma'lumot berdi. 

Ötgan yillar davomida Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyoti asosan Rajab Toyyib Erdöğanning yondaşuvi natijasida  rivojlangani hisobga olinadigan bölsa, bu prezident va uning tarafdorlarini ijobiy tomondan namoyiş qiladi. 

Ularning pozitsiyasi quyidagiça: foiz stavkalarini oşiriş usiz ham yuqori darajadagi inflyatsiyani kuçaytiradi (noyabr oyida u 7 foizni taşkil qildi), taşqi nomutanosiblik esa - kredit xarajatlarini kamaytiriş uçun sabab böla olmaydi. 

Prezident boşqaruvining ilk beş yilida, avvalgi hukumat tomonidan himoya qilingan bozor islohotlari va yevropalik ittifoqdoşlar bilan uzviy aloqalar Turkiyaga tezkor ösiş imkonini bergan bir paytda  bu ğoyalar befoydadek tuyuldi. Inqiroz davri ötib ketganidan keyin ösiş suratlari prezidentning notöğri siyosati tufayli keskin tuşib ketdi, deb hisoblandi. 

Turkstat'ning yangi raqamlari esa turk iqtisodçilari rioya qiluvçi bu nazariyani qöllab-quvvatlamadi. Erdöğan boşqaruvining ilk 5 yilida mamlakat YaIM örtaça 7,1 foizga ösgan, 2009 yildan esa - 5,7 foizga. Ma'lumotlarga köz taşlagunga qadar örtadagi farq ança kattadek tuyulardi: 6,8 va 3,8 foiz. 

"Tabiiyki, ular kelgusidagi iqtisodiy debatlarda mazkur dalillarga tayanişadi va hammasi töğri ketayotganini ta'kidlaşadi. Biroq yangi siyosatni şakllantiriş bundan keyin islohotlar kerak emasligi borasidagi taxminlarga asoslanişi mumkin emas", - deydi Istanbuldagi Bilgi universiteti iqtisodiyot professori Jyem Baslevent.