Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga suiqasd qilinishidan ko‘zlangan maqsad haqidagi fikrlarini bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishidan ko‘zlangan maqsadga doir fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suhbatida hamda o‘zining televizion murojaatida aytganidek, ushbu vahshiylikni rejalashtirgan va amalga oshirganlarning asl maqsadi Rossiya-Turkiya munosabatlarining normallashuviga barham berishdir», — degan Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karlovning o‘ldirilishi, Suriyada terrorizmga qarshi samarali kurashga imkon bermaslikni ham maqsad qilgan.
«Bu foyda bermaydigan choralar bilan amalga oshirilmoqda. Bunisi ketmaydi», — deya g‘azablangan Sergey Lavrov.
Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li rossiyalik elchining Turkiyada o‘ldirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga ta'sir ko‘rsatmasligiga ishonch bildirgan edi.
19 dekabr kuni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga Anqarada qurolli hujum qilingan edi. U olingan jarohatlardan shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026