Rossiya hukumati K2–K4 («Yevro-2», «Yevro-3» va «Yevro-4») ekologik toifalariga mansub benzinni işlab çiqariş hamda sotişga 2027-yil 1-iyulgaça ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Şu bilan birga, hukumat avval qabul qilingan va 2026-yil oxirigaça tarkibida oltingugurt miqdori yuqoriroq bölgan K5 toifali benzindan foydalanişga ruxsat beruvçi qarorni bekor qildi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, avtoyonilği quyiş şoxobçalarida benzinning ekologik toifasi xaridorlar uçun körinarli tarzda körsatiladi. Vazirlik uşbu qaror vaqtinçalik xususiyatga ega ekanini va yonilği sifati talablari bilan iste’molçilarni uzluksiz ta’minlaş örtasidagi muvozanatni saqlaş maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.
Naşr ma’lumotlariga köra, Rossiyadagi yoqilği inqirozi Ukraina qurolli kuçlarining neftni qayta işlaş zavodlari hamda yonilği-energetika infratuzilmasi ob’yektlariga bergan muntazam zarbalari ortidan kuçaygan. Ayniqsa, may oyi oxirida Moskva yonilğisining qariyb 40 foizini ta’minlaydigan «Kapotnya» neftni qayta işlaş zavodi qisqa vaqt içida ikki marta hujumga uçrab, 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boşigaça işdan çiqqan.
Reuters agentligi ma’lumotiga köra, Rossiyada benzin işlab çiqariş hajmi 2026-yil iyun oyida ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foizga qisqarib, kuniga 85 ming tonnani taşkil etgan. Yozgi mavsumda esa mamlakatda kunlik talab taxminan 110 ming tonnani taşkil etmoqda. Şu bois Rossiyaning 40 dan ortiq hududida yonilği savdosiga rasmiy çeklovlar joriy etilgan.
Mutaxassislar fikriça, past ekologik standartli benzin işlab çiqarişga ruxsat beriş neft mahsulotlarini çuqur qayta işlamasdan işlab çiqariş imkonini kengaytiradi va işlab çiqariş hajmini oyiga yuz minglab tonnaga oşirişi mumkin. Biroq, bunday yonilği zamonaviy avtomobillarning katta qismi uçun xavf tuğdirişi mumkinligi ham qayd etilmoqda.

















