Prezident Şavkat Mirziyoyevga energetika tarmoği oldiga qöyilgan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan axborot berildi.
Taqdimotda ötgan hafta energetika vaziri etib tayinlangan Şerzod Xöjayev, prezidentning yoqilği-energetika masalalari böyiça maslahatçisi Behzod Normatov va boşqalar iştirok etdi.
27-iyul kuni davlat rahbari raisligida yoqilği-energetika tarmoğidagi ustuvor masalalar böyiça videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda sohadagi boşqaruv, joylarda elektr va gaz ta’minoti barqarorligi, avariyalar hamda energiya yöqotişlarini qisqartiriş borasidagi işlar tanqidiy tahlil qilingan edi.
Xususan, elektr va gaz ta’minoti bilan boğliq işlarni “tumanbay” va “mahallabay” taşkil etiş, hududlarning energiya iste’moli balansini şakllantiriş, tarmoqlar va uskunalarni xatlovdan ötkaziş, kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni keng joriy etiş böyiça vazifalar belgilangan edi.

Taqdimotda Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Özenergoinspeksiya yangi rahbariyatining mazkur topşiriqlar ijrosini taşkil etiş borasida olib borayotgan işlari hamda kelgusi rejalari körib çiqildi.
Hozirda Yangiyöl tumanida elektr va gaz ta’minotini yaxşilaş böyiça maxsus ştab faoliyat yuritmoqda. U yerda tadbirkorlar va aholi bilan oçiq muloqotlar ötkazilib, uzilişlar, quvvat yetişmasligi, gaz bosimining pasayişi, texnik şartlar oliş va qarzdorlik bilan boğliq murojaatlar bevosita örganilmoqda.
Yangiyöl tumani tajribasi asosida boşqa 13 ta tumanda ham uşbu yondaşuvdagi namunaviy tizim yaratib, keyinçalik uni boşqa hududlarda ham joriy etiş rejalaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, tadbirkorlik sub’yektlarini elektr va gaz tarmoqlariga ulaş uçun texnik şartlarni rasmiylaştiriş jarayonlarining qonuniyligi va şaffofligini ta’minlaş, korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş çoralari kuçaytirilmoqda.


















