Kaliningrad viloyati sudi mintaqada yaşab kelgan Litva fuqarosini josuslik aybi bilan 13 yil 6 oy muddatga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kaliningrad viloyati prokuraturasi ma’lumotiga köra, 48 yoşli erkak 2011-yildan 2024-yilgaça Rossiya hududida bölib, davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni töplab, xorijiy davlatga yetkazib bergan.

Sud hukm çiqarişda ayblanuvçining oğir surunkali kasalliklari borligini yengillaştiruvçi holat sifatida inobatga olgan.

«Mediazona» naşrining yozişiça, hukm qilingan şaxs Aleksandr Polyaçkov bölib, u 2021-yil iyun oyida josuslik böyiça jinoyat işi doirasida hibsga olingan.

Polyaçkov Litvaning Klaypeda şahrida tuğilgan. Keyinçalik u Kaliningrad viloyatiga köçib ötgan va 2014-yildan boşlab qimmatbaho toşlarga işlov beriş hamda zargarlik buyumlari işlab çiqariş bilan şuğullangan «Amberus» kompaniyasiga rahbarlik qilgan.