Özbekiston terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Rauf Inileyev yangi mavsumni yangi klubda boşlaydigan böldi. Murabbiy endilikda faoliyatini Toşkentning «Obod» klubida olib boradi deb xabar bermoqda Tribuna.uz.

Manbaga köra, jamoa Rauf Inileyev bilan bir yillik şartnomaga imzo çekkan. 21 dekabrdan boşlanadigan maşğulotlarni aynan Rauf Talgatoviç olib boradi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinçi bosqiçi 21-28 dekabr kunlari Toşkentda bölib ötadi. Şundan söng futbolçilar qisqa muddatli tanaffusga çiqadi. Yanvar oyining dastlabki kunlaridan boşlab tayyorgarlik yana Toşkentda davom ettiriladi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi sobiq boş murabbiy 2007 yilda Osiyoning eng yaxşi murabbiyi sifatida tan olingandi.