Yaqinda jahon çempionatiga çiqiş imkoniyatidan mahrum bölgan terma jamomiz haqida gap bölganida, tabiiyki, Samvel Babayanning ismi tilga olinadi. Babayan bölmaganida mana bunday bölardi, Babayan bölmaganda, mana şunday bölardi, deb köp gapirilardi. Töğri, boşqa murabbiy bilan terma jamoasi boşqa natijalarni qayd etiş ehtimoli bor edi, lekin doim muammoning ildizini ismlar bilan boğlab, köp narsaga erişa olmaymiz.

Ilgari, Mirjalol Qosimov, keyin hadeb Babayan nomini tilga olinaverişi, göyoki barça muammmolarimizni ana şu şaxslarga boğlaydi va terma jamoamiz mutasaddilarining işini osonlaştiradi – endi ular mana şu ismni terma jamoa boşqaruvidan olib taşlaş orqali, muammolarni hal qilgandek, ötiraveradilar. Keyingi siklning dastlabki ikki yili eski murabbiyni iste'foga çiqarib, katta iş qilingandek, oxirgi ikki yil esa, yangi boş murabbiyning vazifani uddalaşga hali imkoniyati borligini peş qiliş bilan ötib ketaveradi. Keyingi tört yil yana şunaqa.

Bu holatning yuzaga kelişida, asosiy sabab şundaki, biz barçasini sabablarga qarab emas, oqibatlarga qarab xulosalaymiz. Muxlislar va balki jurnalistlar uçun bu töğri, şunaqa bölişi kerak, ammo terma jamoa iş jarayonini taşkil etuvçi federatsiya ham faqat natijalarga boğlanib qolsa, bu notöğri.

Foto: Getty Images

Agar Koreya terma jamoasi darvozasiga oxirgi daqiqalarda gol urganimizda, biz jahon çempionatida bölardik va şudgorni zör haydagan bölib çiqaverardik. Xöş, qaysi şudgorni va qanday qilib zör haydagan bölar edik? Oldingi muvaffaqiyatsiz sikllarimizdan farqli tarzda nimalarni boşqaça qiluvdik özi? Ya'ni, kelasi safar yana bir marta jahon çempionatiga çiqiş uçun nima qiliş kerakligini bilib olgan bölarmidik? Yöq. Hammasi xuddi ilgarigidek, heç narsa özgarmagan. Faqat Inileyev örniga Qosimov, Qosimov örniga Abramov, Abramov örniga Babayan — faqat terma jamoa boşqaruvidagi ismlar özgaryapti xolos. Faqat şu faktorni özgartirib, boşqaçaroq natija kutar ekanmiz, göyoki butun umidimizni faqat şu ismlarga tikkan bölib qolamiz xolos. Bu ham notöğri.

Biz avvalo, biz deganda futbol federatsiyasini nazarda tutyapman, terma jamoa murabbiyining ismini emas, «terma jamoa murabbiyi» degan tuşunçaning mohiyatini özgartirişga harakat qilişimiz lozim. Terma jamoa murabbiyiga qöyiladigan talab, uning mas'uliyati, u uçun yaratilgan şaroit va unga bölgan munosabat butunlay boşqaça şaklda bölişi şart.  Masalan:

Terma jamoaga murabbiy qanday şartnoma asosida va qaysi davrgaça işlaydi?