Anqarada Rossiya elçisini otib taşlagan şaxs 2016 yilning iyulida bölib ötgan davlat töntarişiga muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin olib borilgan tozalaş işlari vaqtida işdan haydalgan sobiq politsiyaçi ekani ma'lum qilindi. Bu haqda TASS agentligi xabar qildi.

Uning şaxsi ma'lum - u rasmiy Anqara tomonidan isyon taşkilotçisi sifatida ayblangan Fathulloh Gulen tarafdori bölgan Mavlud Mert Oltintoş.

19 dekabr kuni Rossiyaning Anqaradagi elçisi Andrey Karlov "Rossiya turklar nigohida" nomli körgazma oçilişida ekanida otib öldirildi. Unga suiqasd qilgan şaxs ham köp ötmay yöq qilindi.

Tarqalgan videolarda u qotillikni amalga oşirib bölgaç, bu işni Suriya uçun qasos sifatida amalga oşirganini aytib ötgan.

Bundan oldinroq, bu şaxs Anqara politsiyasi zobiti bölgani haqida xabarlar berilgandi.