Rossiyaning Anqaradagi elçisi, 19 dekabrda otib öldirilgan Andrey Karlov 1976 yilda Moskva xalqaro aloqalar davlat instituti, 1992 yilda Sobiq ittifoq taşqi işlar vazirligi diplomatik akademiyasida (hozirgi Rossiya taşqi işlar vazirligi diplomatik akademiyasi) öqişni tamomlagan. Diplomatlik faoliyatini 1976 yildan boşlagan. Sobiq ittifoq, Rossiya taşqi işlar vazirligi va xorijiy vakolatxonalarda turli lavozimlarda işlagan.
1976-1981 va 1984-1990 yillarda Sobiq ittifoqning Şimoliy Koreyadagi elçixonasi xodimi, 1992-1997 yillarda Rossiyaning Koreya Respublikasidagi elçixonasi xodimi, 2001 yildan 2006 yilgaça Rossiyaning Şimoliy Koreyadagi favqulodda va muxtor elçisi bölgan.
2007-2008 yillarda Rossiya taşqi işlar vazirligi konsullik departamenti direktori örinbosari, 2009 yil yanvaridan 2013 yil iyuligaça direktori lavozimida işlagan.
2013 yil 12 iyuldan Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan.
2016 yil 19 dekabrda Anqarada hayotiga suiqasd qilinişi oqibatida halok bölgan.
Andrey Karlov xizmatlari Rossiya prezidenti minnatdorçiligi bilan qayd qilib ötilgan. Koreys va ingliz tillarini bilgan. Uylangan, bir nafar katta yoşli öğli bölgan.

















