Turkiyaning taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlu 20-21 dekabr kunlari Oliy darajadagi hamkorlik kengaşi yiğilişiga tayyorlaniş uçun Ukrainaga taşrif buyuradi, deb ma'lum qildi Turkiya taşqi işlar vazirligi.
"Bizning vazir Oliy darajadagi hamkorlik kengaşiga tayyorgarlik köriş maqsadida Turkiya va Ukraina taşqi işlar vazirlari raisligidagi strategik rejalaştiriş guruhi yiğilişida iştirok etiş uçun 20-21 dekabrda Ukrainaga taşrif buyuradi. Ikki tomonlama munosabatlar va keyingi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinadi. Bundan taşqari, qrim tatarlar mavqei, Ukraina şarqidagi vaziyat, mintaqaviy va xalqaro muammolar böyiça fikrlar almaşuvi böladi", deyilgan Turkiya taşqi işlar vazirligi bergan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, taşrif vaqtida Çovuşöğluning Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko, boş vazir Vladimir Groysman, qrim tatarlar va turk mesxetinlar vakillari bilan uçraşuvlari belgilangan.












