Jahon | 15:57 / 21.12.2016
10693
2 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atambayev Hindistonda o‘z orzusi haqida gapirib berdi

Foto: 24.kg

«Mening vazifam Qirg‘izistonda ishlovchi ishbilarmonlar hukumat va prezidentga tobe bo‘lmasligi uchun mehnat qilishdir», - deya aytib o‘tdi Almazbek Atambayev Hindistonga uyushtirilgan davlat tashrifi davomida o‘tkazilgan biznes-forumda chiqish qilib.
 
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi buni boshidan kechirgan – uning korxonalarini sudlar va “reyderlik” orqali egallab olishgan.
 
«Men ikki bor bosh vazir bo‘ldim - 2008 va 2010-yillarda, uzoq vaqt davomida muxolifatda edim, bir necha suiqasdni boshdan o‘tkazdim va hattoki qamoqda o‘tirib chiqdim. Men ishbilarmon edim va siyosatga bekordan-bekorga kelmadim. «Forum» kompaniyasini 1989 yilda tashkil etdim. O‘shanda mamlakatimiz Sobiq Ittifoq tarkibida edi va men bir necha yil ichida boyib ketishga muvaffaq bo‘ldim. Men Moskvada kitoblar sotardim», - deya aytib o‘tdi Almazbek Atambev hindistonlik biznesmenlarga.
 
Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumatga kelgan kishilar ishbilarmonlardan qo‘rqqan.

«Kimnidir qamashdi, kimdir qutulib qoldi... Men shu yillar davomida qirg‘iz ishbilarmoni o‘zini amaldorlar yoki kuch tizimlari tekshiradigan hamda pora talab qiladigan kishi emas, balki inson sifatida his qilishini orzu qilganman», - deya aytib o‘tdi Almazbek Atambayev.
 
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Hindistonga 18 dekabr kuni davlat tashrifi bilan keldi. Uning doirasida Hindiston rahbari Pranab Kumir Mukerji va bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
 

Mavzuga oid