Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev öziga qöyilgan ayblovlar böyiça xalqaro sud oldida mahkamaga tortilişiga tayyorligini bildirdi.
«Prezident Sadir Japarov göyo muvaqqat hukumat Bakiyev işi böyiça oçiq sud jarayonidan qörqişini aytdi. U meni korrupsiyadan tortib qotillikkaça bölgan boşqa köplab jinoyatlarda ham aybladi. Şuning uçun men rasmiylarga aniq qadam taklif qilaman: Rim statutini ratifikatsiya qiling va Boş prokuraturaga Xalqaro sudga murojaat qiliş böyiça topşiriq bering. Men sudda şaxsan qatnaşib, barça ayblovlarga javob berişga tayyorman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Atambayev hukumatga Qöy-Toş voqealarining barça iştirokçilarini ozod qilişni taklif etdi, çunki uning fikriça, bu iş uydirma.
«Mamlakat rahbariyatiga murojaat qilaman: bunçalik pastkaşlik qilmang, bunçalik mayda-çuyda bölmang - qamoqxonalarda va şartli ravişda noqonuniy ravişda uşlab turilgan barça begunoh odamlarni, aslida Qöy-Toş işi va boşqa uydirma jinoyat işlari böyiça «garovga olinganlarni» ozod qiling. Bu odamlar faqat öz huquqini himoya qilgani va adolatli Qirğizistonni orzu qilgani uçun jazolanmoqda. Ularning bundan keyin ham qamoqda saqlanişi - davlat va hukumat uçun, mamlakat rahbari uçun şarmandalikdir. Agar hukumat adolat istayotgan bölsa, xalqaro tribunaldan qörqmaydi. Agar Haaga meni aybdor deb topsa, har qanday muddatni panjara ortida ötkazişga tayyorman», dedi Atambayev.
3 iyun kuni Bişkekning Pervomayskiy tuman sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni mol-mulkini musodara qiliş bilan birga sirtdan 11 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Şuningdek, prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Farid Niyozov va parlamentning sobiq deputati Ravşan Jyeenbekov 7 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi va sud zalida hibsga olindi.
2019 yilning 7 avgust kuni Bişkek yaqinidagi Qöy-Toş qişloğida Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining (GKNB) «Alfa» guruhining maxsus bölinmalari Atambayevni kuç bilan hibsga olişga urindi va bu sobiq davlat rahbari tarafdorlari bilan qurolli töqnaşuvga aylandi. Maxsus kuçlarning bir askari öq yeb halok böldi. «Alfa»ning olti nafar jangçisi qölga olindi va ertasi kuni qöyib yuborildi. 2019 yil 8 avgustida maxsus kuçlar sobiq davlat rahbarini yana hibsga olişga uringan paytda töqnaşuvlar davom etdi. Şundan söng Atambayev Qirğiziston huquq-tartibot idoralari xodimlariga taslim böldi va hibsga olindi. 7-8 avgust voqealari çoğida 225 kişi, jumladan, Içki işlar vazirligining 91 nafar, Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 40 nafar xodimi jarohatlandi.

















