Buyuk Britaniyada Rojdestvo ta'tilida 18 aeroportda  bölib ötişi kutilayotgan norozilik namoyişi bekor qilindi. Bu haqida Unite kasaba uyuşmasi boş kotibi Len Makklaski xabar berdi. 

"Men Swissport kompaniyasi bilan kelişuvga erişganimiz va 23-24 dekabrga möljallangan norozilik aksiyasi bekor qilingani haqida ma'lum qilişdan xursandman", - dedi u. Tomonlar hozirça özaro kelişuv şartlarini oşkor qilişmadi.

Bu yangilik samolyotda sayohatga otlanayotgan britaniyaliklar va bu yerga kelişni rejalaştirgan xorijiy yölovçilarni xursand qilmay qolmadi. Manbaga köra, dastlab norozilik aksiyasida dunyoning eng yirik kompaniyasi - Swissport aeroport xizmatlari operatorining 1,5 ming xodimi qatnaşişi rejalaştirilgan. Ular iş haqini sezilarli darajada kötarişni talab qilişayotgan edi. Xususan, reyslarni registratsiya qiluvçi xodimlar va yukni qayta işlovçi operatorlar hamda yuk taşuvçilar iş taşlaş bilan tahdid qilişgan. 

Şunday bölsa-da, Unite a'zosi bölgan British Airways aviakompaniyasi bort kuzatuvçilari norozilik aksiyasini ötkaziş fikridan qaytişmadi. Bunga ham xuddi yuqoridagi kabi oylik iş haqidan norozilik sabab bölgan. Aktsiya 24-25 dekabrga möljallangan.