Jazoirning Ayn-Sefra şahrida istiqomat qiluvçi Karim Buçetata noyob tabiat hodisasini suratga oliş muvaffaq böldi. U sahroda yoqqan qorni tasvirga tuşirgan.
Gizmodöning xabar berişiça, erkak bu holatdan özi ham hayratga tuşgan, biroq qor erib ketguniga qadar bir neça kadrlarni olişga ulgurdi.
“Sahro darvozasi” nomi bilan maşhur bölgan Ayn-Sefra tumanida qor 1979 yilning fevralida, şuningdek 2005 va 2012 yillarda yoğgan.
Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistonida ham noyabr oyi oxirida qor yoğdi. Bu ham uşbu mintaqaga xos bölmagan hodisa bölib, öşanda havo harorati uç daraja sovuqni taşkil qildi.
















