20 dekabrda Istanbulda Bosfor körfazi tagidan ötuvçi "Yevrosiyo" tunneli oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, boş vazir Binali Yildirim hamda köplab xorijiy davlatlar yetakçilari, boş vazirlari, vazirlari va elçilari iştirok etdi.
Turkiya prezidenti tadbirdagi nutqida tunnel Istanbulning Yevropa va Osiyo qismini boğlaşga qaratilganini aytdi.

"Avtomobil tunnelining poydevori Istanbulning Osiyo qismida qöyildi, uni esa Istanbulning Yevropa qismida oçmoqdamiz. Bu tunnel oçilişi muhim voqea hisoblanadi", deb aytdi Erdöğan.
Uning aytişiça, tunneldan ötiş uçun tölov yil oxirigaça 15 turk lirasini taşkil qiladi. Tunnel evaziga Istanbulning Kazliçeşme va Goztepe tumanlari örtasidagi yölga ketadigan vaqt 90 daqiqadan 15 daqiqaga kamayadi.
Bu tunnel suv ostida bunday çuqurlikda ötkazilgan birinçi tunneldir. Uni quriş böyiça işlar Bosfor ostida 106 metr çuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni taşkil qiladi. Körfaz ostidan tunnelning 5,4 km lik qismi ötgan. Tunnelning qurilişiga 1,25 mlrd dollar sarflangan.













